08:22 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
439 0 0

Loyihaga koʻra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng boʻladi. H/J toifasiga mansub ikkita bugʻ-gaz qurilmasi oʻrnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar koʻp elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Saudiya Arabistoni ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stantsiyasi qurish investitsiya dasturi doirasida Oʻzbekistondagi amaliy ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi.

Energetika vazirligi xabariga koʻra, kompaniya tuproqni oʻrganish ishlari boshlangan. Yangi issiqlik elektr stantsiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bugʻ-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori boʻladi.

Loyihaga koʻra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng boʻladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali boʻlgan H/J toifasiga mansub ikkita bugʻ-gaz qurilmasi oʻrnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar koʻp elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori boʻgan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega boʻlgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.

Yangi IES qurilishi toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy investitsiyalar hisobidan toʻliq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ACWA Power Oʻzbekistonda quvvati 1300-1500 MVt boʻlgan bugʻ-gaz turbinali hamda quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stantsiyalarini qurishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular