13:43 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
47001

General Motors Tailanddagi oʻzining avtomobil zavodini Xitoyning Great Wall Motor Co Ltd. kompaniyasiga sotadi.

TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. General Motors Tailanddagi oʻzining avtomobil zavodini Xitoyning Great Wall Motor Co Ltd. kompaniyasiga sotadi. Bu haqda Amerika kompaniyasi xabar qilmoqda.

Kompaniya investitsiyalar kutilgan daromadni keltirmayotgani sabab oʻz strategiyasi doirasida Avstraliya, Yangi Zelandiya va Tailand bozoridan chiqib ketadi.

Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Uzavtomotors / ASKAR YACUBOV dlya Sputnik Uzbekistan

Taʼkidlanishicha, avtomobil ishlab chiqaruvchi 2021 yilda Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi Holden brendini yopadi, joriy yil oxiriga qadar esa Tailanddagi Rayong zavodida savdolar boʻyicha bitimlarni toʻxtatishni rejalashtirmoqda. Kompaniya koʻproq daromad keltiradigan joylarga eʼtiborni kuchaytirish istagida ekanini bildirgan.

Shu bilan birga GM aktivlarni topshirish va rivojlanayotgan bozorlarda xarajatlarni kamaytirish uchun kuchli yetkazib berish tarmogʻini yaratish orqali Oʻzbekiston kabi bozorlarda sheriklik aloqalarini optimallashtirishda davom etadi.

Masalan, Tailanddagi Rayong zavodida Colorado va Trailblazer kabi modellar ishlab chiqariladi. Oʻtgan yilning noyabrida GM Thailand Oʻzbekistonga Chevrolet Trailblazer avtomobillarining partiyasi joʻnatgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻistonda Ravon Nexia R3 eng koʻp sotiladigan modelga aylangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular