18:32 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
412 0 0

2020 yilning mart oyidan boshlab Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻladi. “Rahmat, Ravon, omad, Chevrolet!”, - deya yozgan kompaniya.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. UzAuto Motors eksport bozorlarida avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

2020 yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozogʻiston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt boʻladi. Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020 yilning oʻrtalariga kelib toʻxtaydi.

Dilerlik tarmogʻi mavjud GM Rossiya dilerlari, Ravon dilerlarining bir qismi va Chevrolet vakolatli servis markazlari asosida, ularning geografik joylashuvi va Chevrolet brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan.

“Yagona brend ostida ishlash Oʻzbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, GM Rossiya vakolatli xizmat koʻrsatish markazlari 2015 yilning oxiriga qadar Rossiyada GM/Chevrolet dilerlaridan avtomobil sotib olgan mijozlarga ham xizmat koʻrsatishni davom ettiradi.

Shuningdek, Ravon avtoulovlarini harid qilgan mijozlar uchun ham UzAuto Motors oʻzining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.

UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan oʻzining dilerlik tarmogʻi orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Asosiy mavzular