Dollar va yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishNovie kursi valyut v Uzbekistane
Novie kursi valyut v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Yevro kursi birdaniga 119 so‘mga pasaydi.

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan  18 fevraldan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi ketma-ket uchinchi hafta pasayishda davom etmoqda. Bu hafta 10,67 so‘mga arzonlashib, 9 528,49 so‘mni tashkil qildi.

© Foto: Markaziy bank matbuot xizmatiValyuta kurslari 18.02.2020 dan
Dollar va yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi - Sputnik O‘zbekiston
Valyuta kurslari 18.02.2020 dan

Yevro ham bu hafta arzonlashdi. Uning rasmiy kursi 119,35 so‘mga pasayib, 10 319,35 so‘mni tashkil qildi.

Uzluksiz pasayib kelayotgan Rossiya rublida bu hafta qimmatlashish kuzatildi. Rubl 1,30 so‘mga ko‘tarilib, 150,07 co‘mni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0