18:31 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
318 0 0

Quduqni oʻzlashtirish natijasida sanoat miqyosida oʻrtacha kunlik 80 ming kub metr gaz va 1,0 tonna gazkondensati qazib olindi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Muborakda gaz kondensat koni ishga tushirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Yangi Qizilrabot" gaz kondensatli konida 2-sonli konservatsiyada turgan quduqni tugatilgan quduqlar fondidan qaytarish maqsadida tubdan taʼmirlash dastgohi yordamida kapital taʼmirlash ishlarini olib borgan.

Quduqni oʻzlashtirish natijasida sanoat miqyosida oʻrtacha kunlik 80 ming kub metr gaz va 1,0 tonna gaz kondensati qazib olindi.

11 fevral kuni 17,6 km uzunlikda diametri 168 mm boʻlgan Yangi Qizilrabot-Xodjixayram gaz quvuri tortilib, "Yangi Qizilrabot" konidagi 2-sonli quduq konservatsiyadan keyin ishga tushirildi.

“Yangi Qizilrabot” gaz kondensatli koni Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida joylashgan. 2019 yil 10 iyuldan 28 oktyabrgacha quduqni tugatilgan quduqlar fondidan qaytarish uchun kapital taʼmirlash ishlari olib borildi.  Bugungi kunga qadar tsementli koʻpriklar burgʻulanib, quduq tubi 1425 metrgacha ishlov berildi.

Asosiy mavzular