21:31 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
151 0 0

Singapur kompaniyasi qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlab, ulardan oʻgʻit, qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarni yaratgan.

TOSHKENT, 21 fev - Sputnik. Singapur kompaniyasi Toshkentda musordan oʻgʻit ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkin. Bu haqida Toshkent shahar hokimligida Singapurning Alpha Global Capital Pte. kompaniyasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum boʻldi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, Singapur kompaniyasi bu yoʻnalishda yetarli tajribaga ega boʻlib, ular qattiq va aralash turdagi chiqindilarni qayta ishlash natijasida ekologik toza oʻgʻitlar ishlab chiqarish, qurilish materiallarini tayyorlash, shuningdek, suvni zararsizlantirish uchun qator texnologiyalarni ishlab chiqqan.

Kompaniya taklif etayotgan texnologiyalar kichik hududlarga moʻljallangan boʻlib, transport xarajatini talab etmaydi, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarmaydi, shuningdek, energiya tejamkordir. Suvni zararsizlantirish boʻyicha takliflari esa, kanallarning sanitar holatini yaxshilash va obodonlashtirish uchun foydali, deyilgan xabarda. 

Uchrashuvda “Maxsustrans ICHB” va “Suvsoz” DUK rahbarlari, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.

 

 

 

Asosiy mavzular