23:54 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
43710

Quduq qayta ishga tushishi natijasida sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinishiga erishilmoqda.  

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Buxoroda  “Oʻzbekneftgaz” AJ Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Kalta-kir» gaz konidagi shu kungacha yaroqsiz boʻlgan 8-sonli gaz qudugʻi qayta taʼmirlanib, ishga tushirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ axborot xizmati maʼlum qilmoqda.

Quduqda suv yoʻllarini yopish ishlari bajarilib, 1084-1081 metr intervallar oraligʻida perforatsiya ishlari oʻtkazilgan. Natijada quduqni sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

Maʼlumot uchun, "Kalta-kir" gaz koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan boʻlib, 2006 yilda ishlatishga tushirilgan.

Eslatib oʻtamiz, “Oʻzbekneftgaz” biroz oldin yerni yorish uslubida foydalanish toʻxtatilgan quduqlardan neft olishni boshlagani haqida xabar qilgan edi. 

 

Asosiy mavzular