10:44 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
131 0 0

Toshkentdan Kiyevga qatnaydigan reyslar 2015 yilda ikki mamlakat aviatsiya hukumati oʻrtasida kelishuv mavjud emasligi tufayli toʻxtatib qoʻyilgan edi.

TOSHKENT, 25 fev - Sputnik. Kiev shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovini hamda "Toshkent-Xarkov-Toshkent" temir yoʻl liniyasini tiklash masalasi koʻrib chiqildi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati.

Forum doirasida shuningdek, joriy yilning bahorida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar ham ishlab chiqilgan va boʻlajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan.

Shuningdek, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va oʻsimliklar karantini uygʻunlashtirish borasida oʻzaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish boʻyicha kelishuvlarga erishilgani aytilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Ukraina infratuzilma vaziri oʻrinbosari Oleg Yuщenko Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Alisher Abdualiyev bilan uchrashuvda, Ukraina Oʻzbekiston bilan muntazam aviaqatnovlarning qisqa vaqt ichida tiklanishidan manfaatdor ekanligini aytgan edi.

Toshkentdan Kiyevga qatnaydigan reyslar 2015 yilda ikki mamlakat aviatsiya hukumati oʻrtasida kelishuv mavjud emasligi tufayli toʻxtatib qoʻyilgan edi.

2019 oktyabrida aviaqatnov tiklanishi kutilgan edi, ammo ukraina tomoni oxirgi daqiqalarda oʻz qarorini bekor qilganligi haqida xat yoʻllagan edi.

Asosiy mavzular