Moliya vazirligiga qator funksiyalar yuklatildi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichRabota s bumagami
Rabota s bumagami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Timur Ishmetov naznachen Ministrom finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston moliya vaziri tayinlandi

Qarorga muvofiq, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar:

- 2021-yil 1-yanvardan boshlab, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etadi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlaydi (qonun hujjatlarida MHXSga o‘tishning ertaroq muddatlari nazarda tutilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);

- 2021-yil yakuniga qadar "MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risidagi hujjatga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega kamida 3 ta mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari faoliyatini ta’minlaydi.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlaydigan tadbirkorlar buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot taqdim etishdan ozod etiladi.

Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi va unga qator funksiyalar yuklatildi.

2021 yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar OTMlar magistraturasining "Buxgalteriya hisobi" va "Audit" mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0