Yandeks Google ustidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga shikoyat qildi

© Sputnik / Valeriy MelnikovOfis kompanii "Yandeks"
Ofis kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yandeks va Google raqobati O‘zbekistonga ham yetib keldi. Rossiya kompaniyasi Guglning ishlab chiqaruvchilar oldiga qo‘yayotgan cheklovlariga e’tibor qaratdi.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. O‘zbekiston Monopoliyaga Qarshi kurashish qo‘mitasida Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv  bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikkala tomon ham o‘zlariga muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

“Yandeks” O‘zbekiston Monopoliyaga Qarshi kurashish qo‘mitasiga Google korporatsiyasi tomonidan sog‘lom raqobat qoidalari buzilayotganiga shikoyat qildi.

Rossiya kompaniyasi fikriga, Android operatsion tizimi, Google Play va Youtube videoxostingi yaratuvchisi bo‘lgan Google korporatsiyasi, smartfon ishlab chiqaruvchilarini,  zavoddan smartfonlarda o‘rnatiladigan dasturlar tanlashda cheklab qo‘yib, nosog‘lom raqobat qilayotganiga e’tibor qaratdi.

Monopoliyaga Qarshi kurashish qo‘mitasi esa Yandeks Taxi  onlayn xizmatining O‘zbekistondagi faoliyatida mavjud bo‘lgan kamchiliklar haqida xabar qildi. Xususan, iste’molchilar uchun yagona  koll-sentr yo‘qligi, kompaniyaga murojaat qilish va elektron pochta orqali amalga oshirilayotgani - o‘zbekistonlik iste’molchilar huquqlarini buzayotgani aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Yandeks, MDH hududida eng yirik qidiruv tizimidir. Kompaniya 50dan ortiq onlayn xizmatlar ham taklif qiladi. Ulardan 27 tasi O‘zbekistonda ham  taklif qilinmoqda. “Yandeks.Taksi” – xizmatlar orasida eng ommaviysi.

Yangiliklar lentasi
0