O‘zbekistonda oltinning erkin muomalasi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishProizvodstvo zolota
Proizvodstvo zolota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yangiliklar soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarishi kutilmoqda. Tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratish hamda raqobat muhitini yaxshilashga ko‘maklashadi.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Deputatlar “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qullashdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi qonun loyihasida qimmatbaho metallar, toshlarni qazib olish, ularni affinaj qilish, zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamg‘alash, davlat organlarining vakolatlari, qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqlarining vujudga kelishi, sohada ruxsat etish tizimi asoslari ko‘rsatib o‘tilgan.

Loyihada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar davlat egaligida bo‘lgani singari yuridik va jismoniy shaxslar egaligida ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi sohada bir qator ijobiy natijalarni beradi. Jumladan, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi faoliyatni amalga oshirishning mustahkam huquqiy asosi yaratiladi.

“Loyiha bilan qimmatbaho metallarning erkin muomalasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa, tadbirkorlik subyektlari tomonidan qimmatbaho metallarga xom ashyo sifatida bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qimmatbaho metallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiquvchilardan yoki birjadan sotib olish imkoni yaratilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Shu bilan birga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida davlat organlarining vakolatlari aniq belgilanyapti. Bu qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish, iste’molchilarning huquqlari kafolatlanishi, halol tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishga yordam beradi.

Otkritie linii po proizvodstvu bankovskix slitkov na Yekaterinburgskom zavode - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda oltin yombilarini sotish apparatlari o‘rnatilishi mumkin

Shuningdek, loyiha qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash tartibini soddalashtirishni nazarda tutadi. Unga qimmatbaho metallar va toshlarga egalik huquqini nazarda tutuvchi normalar kiritilgan bo‘lib, bu qimmatbaho metallarga oddiy tovar sifatida qarash, tadbirkorlik subyekti yoki jismoniy shaxslar ham ularga egalik qilish, o‘rnatilgan tartibda erkin tasarruf etish imkonini beradi.

Mazkur qonun loyiha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari ishlab chiqargan zargarlik buyumlariga o‘zlari ishlab chiqaruvchi tamg‘asi bilan tamg‘alash huquqi ham berilmoqda.

Umuman olganda, ushbu yangiliklar soha faoliyatini xufiyona iqtisodiyotdan chiqarishi, tarmoqqa investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratishi hamda raqobat muhitini yaxshilashga ko‘maklashishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0