04:52 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
433 0 0

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, bunday keskin oʻsish qimmatroq avtokreditlarning oʻsishi bilan bogʻliq.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasi 25,8% gacha koʻtarildi, deya xabar beradi Markaziy bank.

Taqqoslash uchun, bir yil oldin bu koʻrsatkich 22,6% edi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, bunday keskin oʻsish qimmatroq avtokreditlarning oʻsishi bilan bogʻliq.

Joriy yilning yanvar oyida avtokreditlardan tashqari barcha kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 25,1 foizni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil dekabr oyida Oʻzbekiston Markaziy banki jismoniy shaxslar tomonidan olingan kreditlar va mikrokreditlar boʻyicha qarzdorlik yukini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.

Yangi nizomda “kredit yuki koʻrsatkichi” tushunchasi - olingan kreditlar boʻyicha oʻrtacha oylik toʻlovlar va beriladigan kafolatlarning kredit oluvchining oʻrtacha oylik daromadiga (yaʼni uning oʻrtacha oylik ish haqi, nafaqa va oxirgi 12 oy ichida boshqa daromadlari)nisbati joriy etildi.

Ushbu koʻrsatkich jismoniy shaxs tomonidan mikrokredit tashkilotlari va lombardlar bilan tuzilgan barcha bitimlar boʻyicha berilgan kreditlarning umumiy hajmi, shuningdek mavjud kreditlar boʻyicha asosiy qarz qoldigʻi asosiy hisoblash koʻrsatkichning 50 barobaridan oshgan taqdirda hisoblanadi.

2020 yil mart oyidan boshlab, kredit oluvchining kredit yuki 50 foizdan oshmasa, qarz (mikrokredit) berishga ruxsat beriladi.

Ushbu Nizom, shuningdek, har kuni shartnomaga muvofiq hisoblangan foizlar stavkasi uchun 0,3% dan yuqori boʻlmagan miqdorni belgilaydi. Shu bilan birga, shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima va foizlar kredit qarzining yillik umumiy miqdorining yarmidan koʻp boʻlmasligi kerak.

Asosiy mavzular