O‘zbekistonda QR-online to‘lov xizmati ishga tushirildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishQR-kod
QR-kod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
QR-online tizimining ishga tushirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilishi aytilmoqda.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekistonda QR-kod orqali tezkor to‘lovni amalga oshirishga imkon beradigan xizmat ishga tushirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

“Xaridorlar tomonidan mobil ilova dasturlari vositasida savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarining QR-kodlarini skaner qilish (“o‘qish”) hamda xarid summasini kiritish orqali to‘lovlar amalga oshiriladi. Bunda pul mablag‘lari mobil ilovaga biriktirilgan bank kartalari hisobvaraqlari va elektron pul hamonlardan hisobdan chiqariladi”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, xizmat O‘zbekistondja raqamli bankingni rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Bank xabarida to‘lov xizmatlari bozorida “QR-online” tizimining ishga tushirilishi ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilishi urg‘ulangan.

Yangiliklar lentasi
0