18:48 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
238 0 0

Korxona Afrika laqqasi, gulmohi (forel) va boshqa baliq turlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Yiliga 1,5 million dollar eksport qilish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 5 mar — Sputnik. Misr kompaniyasi Namangan viloyatida zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etadi. U yerda gulmohi (forel), Afrika laqqasi va boshqa baliq turlari yetishtiriladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Viloyat hokimligida Misr “Kapo Agri Group” kompaniyasi bilan Norin tumanida 80 gektar maydonda zamonaviy baliqchilik kompleksi barpo etish boʻyicha investitsion shartnoma imzolandi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va “Kapo Agri Group” kompaniyasi prezidenti Alaa Kamar Gamal tomonidan imzolangan shartnomaga koʻra, umumiy qiymati 4 million dollar boʻlgan ushbu yarim intensiv baliqchilik kompleksi 100 foiz toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi.

Afrika laqqasi, gulmohi va boshqa baliq turlari yetishtirishga ixtisoslashadigan va yillik 1,5 million dollar eksport qilishi rejalashtirilayotgan ushbu korxona, kelgusi yili qurib foydalanishga topshiriladi.

Yillik quvvati 1600 tonna baliqni tashkil etadigan kompleksda, 50 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Asosiy mavzular