22:35 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
28901

Vazirlar Mahkamasida ichki turizmni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imtiyozlar hamda koronavirus qayd etilmagan davlatlardan sayyohlarni jalb qilishga oid qoʻshimcha choralar koʻrish haqida kelishib olindi.

TOSHKENT, 6 mar - Sputnik. Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ishtirokida Respublikaga koronavirusning turizm sohasi rivojiga salbiy taʼsirini kamaytirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, mutasaddi tashkilotlar tomonidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash, tashqi taʼsir omilini pasaytirish maqsadida ichki turizmni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imtiyoz va preferentsiyalar berish taklif qilindi va bu borada tezkor chora tadbirlar rejasi qabul qilishga kelishib olindi, deyilgan xabarda. 

Undan tashqari, koronavirus qayd etilmagan davlatlardan sayyohlarni jalb qilishga oid qoʻshimcha choralar koʻrish, bu borada targʻibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish koʻzda tutiladi. Shuningdek, sayyohlarning yurtimizga kelishi jarayonida sanitariya talablariga toʻliq rioya qilish va turli kasalliklardan ehtiyot choralarini koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Videoselektor yigʻilishida Vazirlar Mahkamasi, Jahon sogʻliqni saqlash tashqiloti ekspertlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari xokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va ushbu hududlardagi soha tadbirkorlari, xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Otelyerlar assotsiatsiyasi, Oshpazlar, Restoratorlar uyushmalari rahbarlari va aʼzolari qatnashdi.

Asosiy mavzular