00:06 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
40410

Kompaniya 1 martdan boshlab import dizel yoqilgʻisining narxi 7300 soʻmga pasaytirilganini maʼlum qildi. Yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi 1 martdan boshlab import dizel yoqilgʻisining narxi narxi 7500 soʻmdan 7300 soʻmga pasaytirilganini maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, "Oʻzbekneftgaz"AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilgʻisi sotuvini yoʻlga qoʻygan. Ayni paytda poytaxt va Toshkent viloyatida, Namangan, Fargʻona, Andijon, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarshi shaharlaridagi 45 dan ortiq yoqilgʻi quyish shoxobchalarida yuqori sifatli neft mahsulotlarining sotuvi yoʻlga qoʻyilgan.

“Odatda, narx talab va taklif oʻrtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi. Mahsulot narxini pasaytirish talabni oshiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan tashqari isteʼmolchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birjada dizel yoqilgʻisini sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilgʻisining narxi kamaytirildi. Bu bilan ushbu mahsulotni sotish hajmini oshirishga erishamiz”, - deydi “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” MCHJ direktori Mirzohid Musayev.

Korxona yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotishni rejalashtirmoqda.

Asosiy mavzular