01:05 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
313 0 0

Prezident qarori bilan “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishi tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi – “Navoiyuran” davlat korxonasiga oʻzgartirildi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Navoiy KMK” davlat korxonasi nomlanishi tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash korxonasi – “Navoiyuran” davlat korxonasiga oʻzgartirildi.

Shuningdek, “Navoiy KMK” DK mol-mulkining qismi negizida:

- qimmatbaho metallarni qazib oluvchi va ishlab chiqaruvchi, AJ koʻrinishidagi “Navoiy KMK” AJ ishlab chiqarish korxonasi;

- “NKMK jamgʻarmasi” davlat muassasasi taʼsis etiladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “NKMK jamgʻarmasi” DM va “Navoiyuran” DKning taʼsischisi hisoblanadi.

Moliya vazirligi “NKMK” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining aktsiyadori (taʼsischisi) funktsiyasini bajaradi.

Bunda, oʻtkazilgan ishchi xodimlarga mehnatga haq toʻlashning amaldagi shartlari, shu jumladan  belgilangan tarif razryadlari va stavkalari, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar va ustamalar, moddiy yordam hamda qonun bilan belgilangan rayon koeffitsiyentlari saqlab qolinadi.

Shuningdek, 5 yil davomida “NKMK jamgʻarmasi” DM ixtiyoriga berilayotgan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlari sonini qisqartirish va ijtimoiy infratuzilma obʼyektlarining faoliyat turini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qaror bilan “Navoiy KMK” DK ishchi xodimlarining mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi masalalarini kompleks hal qilish boʻyicha komissiya tashkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Navoiy kon-metallurgiya kombinatini isloh qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazgan edi. Unda korxona zamonaviy kompaniyaga aylantirilishi maʼlum qilingan edi.

Asosiy mavzular