00:10 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
536 0 0

2 oy muddatda chet el fuqarolari tomonidan Oʻzbekistonda tovarlarni sotib olishda toʻlangan QQSni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil 1 iyuldan tovarlarni sotib olishda toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish (Tax-free) tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Tegishi qonun loyihasi jamotchilik muhokamasiga qoʻyildi.

Taʼkidlanishicha, 2 oy muddatda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekistonda tovarlarni sotib olishda toʻlangan QQSni qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2020 yilning 1 iyuliga qadar Uzbekistan Airports AJ bilan birgalikda maxsus qaytarish punktlari Oʻzbekistonning xalqaro aeroportlarida joylashtiriladi. Ular zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanadi.

Shuningdek, Tax-free tizimi ishtirokchilari oʻrtasida axborot almashish imkonini beruvchi Tax-free tizimining Yagona elektron maʼlumotlar bazasi ishlab chiqiladi.

Qaror loyihasi 21 martga qadar muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda Tax-free tizimi joriy etilishi haqida xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular