Toshkentda 2-yilda qariyb 10 mlrd $ investitsiya loyihasini amalga oshirish kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaDani porucheniya po investitsionnim proyektam goroda Tashkenta
Dani porucheniya po investitsionnim proyektam goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi investitsiya loyihalari bo‘yicha topshiriqlar berdi. Umumiy qiymati 9 milliard 884 million dollarlik 762 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtda 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 9 milliard 884 million dollarlik 762 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Ularning 122 tasi davlat dasturi, 640 tasi hududiy investitsiya dasturlari doirasidadir.

Ministerstvo investitsiy i vneshney torgovli - Sputnik O‘zbekiston
OIIB O‘zbekistondagi 2,4 mlrd dollarlik loyihalarni moliyalashtiradi

Xususan, sanoat sohasida 1 milliard 890 million dollarlik 242 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 4 milliard 966 million dollarlik 337 loyiha amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Zamonaviy turar joy qurilishi bo‘yicha 3 milliard 328 million dollarlik 183 ta obyekt bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

“Sergeli” industrial parki” kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 350 million dollarlik, Yashnobod tumanidagi Texnoparkda umumiy qiymati 418 million dollarlik loyihalar ularning eng muhimlarigi ta’kidlandi.

Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududida tashkil qilinadigan Toshkent ishbilarmonlik markazi, “Yunusobod siti”dagi zamonaviy turar joy, ko‘ngilochar va ishbilarmonlik markazlari ham shahar rivojiga xizmat qiladi.

“Investitsiya va eksportdan maqsad – ishchi joy, qo‘shimcha daromad. Toshkentda bu borada juda katta resurslar bor. Hozircha ularning yarmidan ham foydalanilmayapti. Shuning uchun har bir tuman kesimida kichik va o‘rta korxonalarni o‘rganib, ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini kengaytirish, xalqimizga kafolatlangan daromad manbai yaratish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda.

Yangiliklar lentasi
0