00:38 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
878 0 0

Yigʻilishda taʼkidlanishicha, joriy yilda poytaxtda 710,5 million dollar miqdorida eksport qilinishi moʻljallangan.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda joriy yilda 710,5 million dollar miqdorida eksport qilinishi moʻljallanganini maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, shundan qariyb 674 million dollari sanoat mahsulotlari, 36,5 million dollari meva-sabzavot mahsulotlariga toʻgʻri keladi.

“Oltiariq tumani 120 million dollarlik eksport qilyapti. Toshkentdagidek sanoat obʼyektlari, kommunikatsiya ularda yoʻq. Poytaxtda zarur infratuzilma bor! Hokimlar yertoʻlani tozalash bilan shugʻullanadigan vaqt oʻtdi. Endi tuman rahbarlari tadbirkorlikni rivojlantirib, tadbirkorlarni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlab, eksportiga koʻmaklashib, ular bilan manzilli ishlashi kerak. Sizlar oʻzgarmas ekansiz, vaziyat oʻzgarmaydi”, – deya prezident soʻzlaridan keltiradi uning matbuot xizmati.

Mirziyoyev investitsiyalar jalb etib, zarurat boʻlsa, tashqi boshqaruvga berib, sanoatning yangi yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Biroz avval poytaxtda 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 9 milliard 884 million dollarlik 762 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular