2021 yildan g‘allaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishUborka urojaya zernovix.
Uborka urojaya zernovix. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev  “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra O‘zbekistonda g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi va davlat xarid narxlarini belgilash amaliyotini to‘liq bekor qilish belgilanmoqda.

Belgilanishicha, 2020-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

“O‘zbekistonda 2021-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi. Davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan yetishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga, shu jumladan, donni qayta ishlovchi korxonalar, g‘allachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi.

Prezident Rossii Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Putin oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qilishdi

Ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi don Jamg‘arma tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi.

Shu bilan birga, don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi.

Har yili 1-avgustga qadar kelgusi yil g‘alla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni e’lon qilinadi. Bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritib, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda paxtani davlatga sotish amaliyoti rasman bekor qilinishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0