04:13 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
34010

Bugun tongad jahon birjalarida neftning Brent navining may oyi fyucherslari 5,23 % ga oʻsib, bir barrel uchun 31,17 dollarni tashkil etdi.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Qulashdan keyin neftning jahon narxlari tiklanmoqda, savdolar maʼlumotlariga koʻra, Brent va WTI narxi besh foizdan oshiqroqqa oshdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Moskva vaqti bilan 4:02 holatiga koʻra, WTI navi uchun aprel fyucherslari 5,10 foizgacha koʻtarilib, bir barrel uchun 30,48 dollarni tashkil etmoqda. Brent navining may fyucherslari 5,23 foizga oʻsib, bir barrel uchun 31,17 dollarni tashkil etdi.

Vaholanki, kecha Brent narxi birdaniga 12% dan oshiqroqqa arzonlar bir barrel uchun 30 dollarga tushib ketib va 4 yillik eng past koʻrsatkichni yangilagan edi. WTI narxi 10 foizga pasaydi.

Dunyo fond birjalarida neft narxlari atrofidagi vaziyatga koronavirus epidemiyasi sabab boʻlgan beqarorlik taʼsir koʻrsatmoqda. Neft savdogarlari koʻrilayotgan choralar dunyo iqtisodiyotidagi retsessiyani va neft qazib olishdagi vaziyatni oldini olmaydi degan hadikda (6 mart kuni OPEK+ davlatlari uni kamaytirish uchun bitimni uzaytirishga kelisha olishmadi).

Dushanbaga oʻtar kecha AQSH Federal Rezervi va Yaponiya markaziy banki pul-kredit siyosatining yangi yumshatilishini eʼlon qildi. Avvalroq, qoʻllab-quvvatlash choralari Xitoy, Buyuk Britaniya va yevro hududi markaziy banklari tomonidan eʼlon qilingan edi. Bundan tashqari, YETSB (Yevropa Markaziy Banki) inqiroz davrida kredit berishni qoʻllab-quvvatlash uchun 100 milliard yevroga yaqin bank mablagʻlarini chiqardi.

Asosiy mavzular