04:44 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
281 0 0

Milliy regulyator respublika banklariga 1 oktyabrgacha korxonalarga kreditlar uchun imtiyozli muddat berishni tavsiya qildi.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki koronavirus infektsiyasining tarqalishi tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kredit xatarlarini yumshatish boʻyicha choralar koʻrilishini maʼlum qildi.

Milliy regulyator respublikaning barcha tijorat banklariga COVID-19 virusidan zarar koʻrgan korxonalar tomonidan kreditlarni qaytarish imkoniyatlarini sinchkovlik bilan oʻrganishni tavsiya qildi.

Bu birinchi navbatda turizm va xalqaro yuk tashish sohasidagi kompaniyalarga taalluqli.

Markaziy bank, shuningdek, banklarga ushbu korxonalarga asosiy qarzlarini 1 oktyabrga qadar qaytarish uchun imtiyozli davr taqdim etishni tavsiya qildi. Yakuniy toʻlovlarni ham shu muddatga uzaytirish taklif etiladi.

Shu bilan birga, banklarga ushbu tavsiyalar asosida qayta koʻrib chiqiladigan kreditlar sifatini tasniflashni oʻzgartirmaslik huquqi beriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi karantin davrida oziq-ovqat va zarur mahsulotlar narxlarining oʻzgarmasligini nazorat qilishini maʼlum qilgan edi.

Qiymatni asossiz oshirlishi holatlari darhol Davlat soliq qoʻmitasi raisiga xabar qilinadi. Ularning har biri boʻyicha profilaktika choralari koʻriladi.

Asosiy mavzular