04:50 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
256 0 0

Oʻzbekistonga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajmi aprel oyida boʻlib oʻtadigan muzokaralar natijasiga koʻra aniqlanadi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Tojikiston 2020 yil boshidan buyon qoʻshni respublikalarga elektr quvvati eksportini 2,1 marta pasaytirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Avesta axborot agentligiga tayangan holda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2020 yilning yanvar va fevral oylarida Tojikiston qoʻshni respublikalarga 3,7 million dollarga elektr energiya eksport qilgan

Bu 2019 yildagi xuddi shu davrga taqqoslaganda 52,6% pastroqdir. Xususan, oʻtgan yilning birinchi ikki oyida Tojikiston qoʻshnilarga 7,8 million dollarga elektr energiya yetkazib bergan.

Tojikiston 2019 yilda Afgʻoniston va Oʻzbekistonga yetkazib bergan elektr energiyasidan 91 milliondan koʻp daromad koʻrgan.

Jumladan, Afgʻonistonga jami 60,6 million dollarga 1,4 milliard kVt/s elektr energiyasi yetkazib berilgan.

Oʻzbekistonga elektr energiyasi bir kilovatti 2 tsent narxida yetkazib berilmoqda. Shu bois, respublikaga yetkazib berilgan 1,4 milliard kVt/s elektr energiyasi uchun Tojikiston 28,5 million dollar daromad olgan.

"Barki tochik" davlat energoxoldingi maʼlumotiga koʻra, 2020-yilda Tojikiston Afgʻonistonga elektr energiya eksportini 1,6 milliona kVt/s ga oshirmoqchi.

Oʻzbekistonga yetkazib beriladigan elektr energiyasi hajmi aprel oyida boʻlib oʻtadigan muzokaralar natijasiga koʻra aniqlanadi.

Asosiy mavzular