17:34 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
103910

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan maydoni 40,0 kv.km boʻlgan quduqdan sanoat miqyosida kunlik 157 ming kub metr gaz oqimi olindi - "Oʻzbekneftgaz" AJ.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Qashqadaryo viloyati hududida olib borilgan geologiya qidiruv ishlari samarali natija berdi deb xabar qilmoqda "Oʻzbekneftgaz" AJ. 

Buxoro-Xiva hududida joylashgan “Oʻrtabuloq” koni 1-izlov qudugʻi ochiq oʻzanida (2849-2885 metr oraligʻida) terregin-yura yotqiziqlarining XVIII qatlamida sinov ishlari olib borildi. Natijada quduqdan sanoat miqyosida kunlik 157 ming kub metr gaz oqimi olindi. Taʼkidlash joiz, “Oʻrtabuloq” konidagi ushbu qatlamdan birinchi bor uglevodorod oqimi olinishidir.

"Oʻrtabuloq" (terregin-yura) koni maʼmuriy jihatdan Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan boʻlib, uning maydoni 40,0 kv.km.ni tashkil etadi, - deyilgan xabarda. 

"Oʻzbekneftgaz" AJning 2020 yilga moʻljallangan "Uglevodorod xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash" dasturi doirasida Respublikamizning Ustyurt, Buxoro-Xiva va Fargʻona hududlarida geologiya-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Asosiy mavzular