Kannabis yetishtirish O‘zbekistonga nima beradi - vazirlik izohi

© AP Photo / Eric RisbergKannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat
Kannabis v Uzbekistane: budet li legalizovan meditsinskiy preparat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan so‘nggi bir necha oylar davomida texnik kannabis o‘simligini yetishtirish, qayta ishlash va uning mahsulotlaridan foydalanishga doir ishlar olib borilmoqda.

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. O‘zbekistonda "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Qonunning imzolanishi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda yangi progressiv yo‘nalishni boshlab beradi, deb xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
Ichakdagi geroinlar: DBQ 5,5 kg dan ziyod giyohvand moddasini musodara qildi - foto

Vazirlik axborotiga ko‘ra, yexnik kannabis iqtisodiy va ekologik jihatdan O‘zbekiston iqlimiga mos o‘simlik hisoblanib, uning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Jumladan:

- kannabis eng tez o‘suvchi ekinlardan biri bo‘lib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar ko‘p sellyuloz olinadi;

- o‘simlikka qishloq xo‘jaligi kimoviy preparatlarini nisbatan kamroq ishlatiladi hamda suvni ancha kam talab qiladi;

- atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi;

- aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan kadimiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda nihoyatda foydali;

- 110 kun ichida o‘simlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi;

- jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Ayni paytda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mazkur faoliyatni tartibga solish maqsadida litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilmoqda.

Bunda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligida asosiy maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan. Jumladan: - sohaga xorijiy investorlarni jalb etish; - qishloq xo‘jaligida eng zamonaviy laboratoriyalarni takshil etish; - yerlarning meliorativ holatini yaxshilash; - sohaga zamonaviy bilimga ega, tajribali mutaxassislarni jalb etish; - innovatsion usullarni keng qo‘llash va raqamlashtirish; - yangi ish o‘rinlarini yaratish; - budjetga muayan to‘lovlarni amalga oshirish; - sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga maslaham-servis xizmatlari tizimini shakllantirish.

Izyatie v xode reydov narkotiki  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda giyohvand moddalarining "mahoratli" savdogarlari qo‘lga olindi

Qishloq xo‘jaligida mazkur yo‘nalishning rivojlantirilishi natijasida:

- eksport hajmini keskin oshirish; - foydalanishdan chiqqan yerlardan maqsadli foydalanish; - sohadagi yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, - mahsulot yetishtirish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish, - chuqur qayta ishlangan eksport oziq-ovqat, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish; - sohada klaster ishlab chiqarishini rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh, noan’anaviy va eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda chuqur qayta ishlashni tashkil etish, shu asosda agrar sektorda ish unumdorligini va mehnatga haq to‘lash darajasini oshirishga erishiladi, deyiladi xabarda. 

Yangiliklar lentasi
0