18:11 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
110220

Koronavirus pandemiyasidan eng katta zarar koʻrayotgan turizm, mehmonxona biznesi, transport-logistika sohalari, umumiy ovqatlanish muassasalari kreditlarini qoplashda maxsus tashkil etilgan fond yordam beradi.

TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Kecha 19 mart Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan koronavirusning iqtisodiy oqibatlariga qarshi choralarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ushbu pandemiyadan eng katta zarar koʻrayotgan iqtisodiyot sohalari sanab oʻtildi. Ushbu sohalarda olingan kreditlarni qaytarishda yordam berish masalasi ham koʻrib chiqildi. 

Xususan, mehmonxona biznesida 90 milliard soʻmlik, transport-logistika sohasida 650 milliard soʻmlik, umumiy ovqatlanish muassasalarida 180 milliard soʻmlik, tashqi savdo korxonalarida 3,6 trillion soʻmlik kreditlarni qaytarish imkoniyati pasaymoqda, - deyilgan xabarda.

Shu bois ushbu korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yigʻimlar undirishni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Hokimlarga iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirishni 6 oygacha kechiktirish vakolati beriladi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad soligʻi, fermerlarning suv soligʻi 50 foizga kamaytiriladi. Bunda mahalliy byudjetdagi yoʻqotishlar respublika byudjetidan qoplab beriladi. Yil yakuniga qadar soliq tekshiruvlariga moratoriy eʼlon qilinadi va qiynalgan korxonalarga soliq qarzlari uchun penya hisoblash toʻxtatiladi. 

Videoselektor yigʻilishi haqidagi toʻliq xabar bilan quyida tanishing. 

Asosiy mavzular