05:06 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
33820

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xoʻjalik subʼyektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Dunyodagi epidemiologik vaziyat va Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishi tufayli hukumat shartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uchun “fors-major” rejimini joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish uchun vazirlikka tadbirkorlik subʼyektlarining talablariga binoan yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish topshirilgan.

“Sertifikatni bir kunda olish mumkin (agar fors major holati koronavirus bilan bogʻliq boʻlsa)”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik sertifikatlarni rasmiylashtirishda respublikaning xoʻjalik subʼyektlariga yordam berish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.

Oʻzbekistonda koronavirus tufayli eng katta zarar koʻrayotgan sohalar aytildi

Fors-major – bu tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tashqi savdo bitimlari (shartnomalar) va xalqaro shartnomalar boʻyicha tomonlarga qabul qilingan  majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular