09:29 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)
100910

Taʼkidlanishicha, virus qogʻoz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashaydi. Shuning uchun Markaziy bank aholini mobil yoki internet bankdan foydalanishga chaqirmoqda.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Naqd pullar virus tarqatuvchi manbalardan biri boʻlganligi bois, undan foydalanish vaqtinchalik toʻxtatilmoqda. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Markaziy banki barcha bank muassasalariga naqd pullarni kamida bir hafta pul omborxonalarida saqlashni tavsiya qilmoqda.

Sababi toʻlovlarni amalga oshirishda naqd pullardan foydalanish virus tarqatuvchi kanallardan biri boʻlishi mumkin. Jumladan, virus qogʻoz shaklidagi tashuvchilarda 3-4 kun yashashi maʼlum qilingan.

Shu bois naqd pullarning virus tashishdagi xavfi yuqoriligini inobatga olgan holda, Markaziy bank aholini mobil yoki internet bankdan foydalanishga chaqirmoqda.

Agar banknotalar karantinda saqlanayotgan vaqtda naqd pulga ehtiyoj boʻlsa, Markaziy bank orqali tijorat banklariga yetkazib beriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Markaziy bank koronavirusdan saqlanish uchun naqd pullardan kamroq foydalanishni tavsiya qilgan edi.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (537)

Asosiy mavzular