Kreditlarni to‘lash muddatini uzaytirish tartibi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Aholi va tadbirkorlik subyektlari kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirishda tashkilotlarga faqat murojaatnoma taqdim etishlari lozim.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Markaziy bank koronavirus pandemiyasi oqibatida tijorat banklari tomonidan kreditlarning to‘lov muddatlarini uzaytirish tartibini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish bo‘yicha kredit tashkilotlariga ko‘rsatmalar berildi.

Bunda kredit tashkilotlariga aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirishda faqat murojaatnomani taqdim etish bilan cheklanib, murojaatnomada:

  • kredit to‘lovlarini uzaytirish yuzasidan asoslantirilgan izoh;
  • karantin davri yakunlangandan so‘ng kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.

Karantin davri tugagandan so‘ng belgilangan muddat ichida qo‘shimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinishi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0