Vino-aroq o‘rniga antiseptik ishlab chiqaring – O‘zbekistondagi korxonalarga murojaat qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMejdunarodnaya vistavka produktov pitaniya "Prodekspo-2015"
Mejdunarodnaya vistavka produktov pitaniya Prodekspo-2015 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash butun dunyoda, shu jumladan O‘zbekistonda ham davom etmoqda hamda antiseptik vositalarga bo‘lgan talab oshib bormoqda.

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi mamlakatning vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarini aholi va tibbiyot tashkilotlarini antiseptik vositalar bilan ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqirdi.

Adliya vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda ham 60 dan ortiq vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.

“Koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kasallanish ko‘rsatkichining tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda biz ham O‘zbekistonning vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aholi va tibbiyot tashkilotlarini antiseptik vositalar bilan ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishga chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yozilishicha, Moliya vazirligi fuqarolarning antiseptik vositalariga bo‘lgan talabini oshishi hamda ushbu vositalar taqchiligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida etil spirti sotuvi ustidan bilvosita nazorat o‘rnatgan.

Vazirlik bir qator mamlakatlarning pivo, vino va boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari koronavirus infeksiyasi tarqalib borayotgan vaziyatda dezinfeksiya vositalari ishlab chiqishga o‘tishlarini e’lon qilganini eslatib o‘tgan. Bunday kompaniyalar orasida Bacardi, Pernod Ricard USA, Amber Beverage Group (ABG), BrewDog, Corby Spirit i Wine Limited va boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar bor.

Yangiliklar lentasi
0