YeOII hududidan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqish ta’qiqlandi

© Sputnik / Mariya Devaxina / Mediabankka o‘tishChesnok
Chesnok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus epidemiyasi tufayli YeOII hududidan piyoz, chesnok, grechka, un va boshqa mahsulotlarni olib chiqish ta’qiqlandi.

TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida YeOII mamlakatlarida ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqishni cheklash haqida qaror qabul qildi.

Piyoz, chesnok, sholg‘om, guruch, javdar, grechka, tariq, yirik tortilgan un, soya, kungaboqar urug‘i kabi mahsulotlarni 30-iyunga qadar YeOII davlatlari hududidan olib chiqish ta’qiqlanadi, - deyilgan xabarda.

Qaror 10 kundan so‘ng (11 apreldan) kuchga kiradi, ushbu chora sanitar-epidemiologik vaziyat murakkablashgan vaqtda YeOII aholisini kerakli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror YeOII Iqtisodiy komissiyaning koronavirus vaqtida qabul qilgan ikkinchi “qadami” bo‘ldi. Birinchi “qadam” 16mart kuni qo‘yilgan edi. O‘shanda YeOIK Ittifoq hududiga olib kirilayotgan bir qator mahsulotlarni bojlardan xoli qilishga qaror qilgan edi. Xususan, shaxsiy himoya va dezinfeksiya vositalari, tibbiy preparatlar mahsulotlar: baxillalar, himoya kiyimlari, qo‘lqoplar.

Yangiliklar lentasi
0