O‘zbekistonda alkogol, benzin va gaz aksiz solig‘i oshirilmaydi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishRabota AZS
Rabota AZS  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda alkogol, benzin va gaz aksiz solig‘ini 1-apreldan oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu qaror bekor qilindi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda alkogol, benzin va gaz aksiz solig‘i yil oxiriga qadar oshirilmaydi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Ayrim tayyor mahsulotlarning import boji stavkalari ko‘tarildi

“Qabul qilingan qarorga asosan joriy yil oxiriga qadar spirt, alkogol mahsulotlari, shu jumladan vino va pivo, shuningdek, yakuniy iste’molchiga sotiladigan benzin, dizel yoqilg‘isi hamda suyultirilgan va siqilgan gazga amaldagi aksiz soliq stavkalari saqlanib qolinishi belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil uchun O‘zbekiston Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuniga asosan joriy yilning 1-aprelidan boshlab aksiz soliq stavkalarining oshirilishi ko‘zda tutilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0