Budjet tizimi xodimlariga oylik maosh vaqtida to‘lanadi - Moliya vazirligi

© SputnikUzbekskie denejnie znaki - sum
Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ish haqi va nafaqalar ajratilishi to‘xtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi.

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi budjet tizimi xodimlari oylik maoshlarida uzilish bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya pullari aholi uylariga yetkazib berilmoqda

Vazirlik xabariga ko‘ra, ustuvor davlat dasturlarini moliyalashtirish, budjet tizimi xodimlariga ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta’minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.

"Ushbu muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, jamoa ishni onlayn shaklda tashkil qilish hamda xodimlarni o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishi yuzasidan qaror qildi", - deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Avvalroq vazirlik alohida texnik xodimlarining koronavirus test natijalari shubha tug‘dirgan va ular keyingi tekshiruvlar uchun klinik karantinga olingan edi.

Vazirlik jamoasi shifokorlar nazorati ostida quyidagi tartibda faoliyat olib boradi:

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Jamshid Qo‘chqorov pensiya yoshi oshirilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

* Vazir va vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi rahbariyat, asosiy bo‘limlarning boshliqlari va alohida xodimlari avvalgidek, vazirlik binosida ish olib boradi.

* G‘aznachilik ham hisobvaraqlar bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Buning uchun tegishli xodimlar jalb qilinadi va ular alohida binoda mustaqil ishlaydi.

Qolgan xodimlar masofadan ishlashni davom ettiradi.

Ish haqi va nafaqalar ajratilishi to‘xtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi.

Viloyat, tuman, shahar moliya va g‘aznachilik bo‘limlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0