O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari ishlab chiqariladi

© Press-slujba Ministerstva innovatsionnogo razvitiyaV Uzbekistane nachnut proizvodit apparati iskusstvennoy ventilyatsii legkix
V Uzbekistane nachnut proizvodit apparati iskusstvennoy ventilyatsii legkix - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IVL qurilmalarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyida boshlanadi. Bunday ishlab chiqarish O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi.

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekistonda o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparatlari ishlab chiqariladi. Bu Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar qilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovning aytishicha, IVL qurilmalarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyida boshlanadi. Toshkentning Bektemir tumanida ishlab chiqarish uchastkasi qurilishini yakunlash esa joriy yilning sentabr oyiga qadar rejalashtirilmoqda va zavod ishga tushiriladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 500 ta sun’iy nafas oldirish apparat xarid qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichida 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritish va 30 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichida esa 6 million dollargacha investitsiyalar va 100 tagacha ish o‘rinlari ochilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, koronavirus tufayli mamlakatdagi mavjud vaziyat va bemorlar uchun IVL va shaxsiy himoya vositalari uchun sarflanadigan ehtiyojni hisobga olgan holda mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonga 1000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektor bilan nafas olish konturlari va 1000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlarni beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.

Hozirda shu ishlarni amalga oshirish maqsadida “CHIRANA ASIA” Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” (“Made in Uzbekistan”) yorlig‘i ostida mamlakatda yagona yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Bunday ishlab chiqarish O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi, bu esa tibbiyot sanoatida import o‘rnini bosish jarayonini jadallashtiradi.

Tkanevie maski shirokogo naznacheniya, - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kuniga 2,6 mln donadan ziyod tibbiy niqob ishlab chiqarilmoqda

Bundan tashqari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va xizmat ko‘rsatish markazi yaratilib, IVL (o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi apparati) va NDA (narkoz-nafas olish apparati) qurilmalari uchun noyob, mobil va zamonaviy servis xizmati tashkil etiladi. Anesteziologiya sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar taklif qilingan holda IVL va NDA qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda sotish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0