Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy.
Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi.

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Bu “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” prezident qarorida belgilangan.

Neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

Rabota AZS  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda alkogol, benzin va gaz aksiz solig‘i oshirilmaydi

Qarorga muvofiq, Neft-gaz tarmog‘i korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmog‘idagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi “kompleans-nazorat” tizimi joriy etiladi.

Yuqori malakali xorijiy ekspert va mutaxassislar, shu jumladan xorijdagi vatandoshlarni neft-gaz tarmog‘i korxonalariga ishga yollash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmog‘idagi faoliyat turlarini litsenziyalash takomillashtiriladi va soddalashtiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zkimosanoat” AJ ustav jamg‘armalarida davlat ulushi oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0