Qator tamaki mahsulotlariga aksiz solig‘i kiritiladi

© Sputnik / Aleksey DanichevProizvodstvo sigaret
Proizvodstvo sigaret - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz solig‘i kiritiladi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. “Tamaki mahsulotlari bozorini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-iyundan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan shimiladigan (snyus), chilim uchun tamaki, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga aksiz solig‘i kiritiladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari qo‘shimcha pozitsiyalar bilan to‘ldiriladi.

Unga ko‘ra, qator tamaki mahsulotlarining aksiz solig‘i stavkalari miqdorlari belgilandi.

Jumladan, 2020-yil 1-iyundan chekiladigan tamakining 1 kilosi uchun 25 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘i solinadi.

Yangiliklar lentasi
0