06:42 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
454 0 0

Loyihaga turk kompaniyasi 20 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritadi. “Super Garden” MCHJ tomonidan esa 5 mln dollar mablagʻ kiritiladi.

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. Vazirlar mahkamasining Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Toshkent viloyatida qurilish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga chet el investorlari uchun qulay shart-sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy shaharcha tashkil etiladi.

Shaharcha Qibray tumanida tashkil etiladi va unga 40 gektar yer uchastkasi ajratiladi.

“Super Garden” MCHJga ajratilgan yer uchastkasida Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayi Iç ve Dis Tic. Ltd. Sti.” Kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 25 mln AQSH dollarilik xorijiy investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”, - deyiladi qaror matnida.

Loyihaga turk kompaniyasi 20 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya kiritadi. “Super Garden” MCHJ tomonidan esa  5 mln dollar mablagʻ kiritiladi.

“Invest Village” loyihasini 2020-2021 yillarda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.

Quriladigan uy-joylarning 5 foiz Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.

Asosiy mavzular