OTB: Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisod aql bovar qilmas darajada pasayishini prognoz qildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi sentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OTB sal ilgariroq pandemiya tufayli O‘zbekiston iqtisodidagi o‘sish pasayishini prognoz qilgan edi. OTB shu bilan birga, mamlakat hukumati iqtisodni imkon qadar tezroq tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tgan

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida  iqtisodiy pasayish ko‘lami aql bovar qilmas darajada bo‘ladi.

Olen u magazina v gorode Nara, Yaponiya  - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya jahon iqtisodiyotida urushdan keyingi eng kuchli inqirozni bashorat qilmoqda

Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki dokladida aytilgan.

Ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, respublikalar, shu jumladan, O‘zbekistonni direktiv organlari va markaziy banklari mintaqa iqtisodini pandemiya avj olgan bir sharoitda bir tekisda ushlab qolish uchun qat’iy choralar qabul qilishlari lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga, COVID-19 va o‘tgan oyda joriy etilgan ko‘plab cheklovlar jami dunyo iqtisodiga juda jiddiy ta’sir ko‘rsatib, joriy yilda bu borada pasayish kuzatiladi, deyiladi dokladda.

"COVID-19 epidemiyasi 2020-yilda jahon iqtisodini jiddiy retsessiyaga olib keladi. Mart oyi boshidan pandemiya Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘ylab tez sur’atlarda tarqaldi", — deydi mutaxassislar.

Hozirda mintaqalar majburan kiritilgan cheklov choralari oqibatlariga ro‘baro bo‘lmoqda.

Tovar tashish, turizm, pul o‘tkazmalari va moliyaviy oqimlarni o‘z ichiga oluvchi global va regional aloqalarning izdan chiqishi, shuningdek ichki ishlab-chiqarishning qisqartirilishi - bularning barchasi iqtisodga ta’sir etmasdan qolmaydi, deya qayd etadi ekspertlar.

Shu bilan birga OTB respublika hukumati respublikalar hukumatlari o‘z ilohot dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodni qayta tiklash uchun ketadigan vaqtni qisqartirish uchun bor muhim va zarur choralarni ko‘rayotganliklarini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0