18:48 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
487 0 0

Qishloq joylarida – 2 xonali kvartiralar uchun beriladigan ipoteka kreditlari miqdori 174 mln soʻmdan 240 mln soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 224 mln soʻmdan 320 mln soʻmgacha oshirildi

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. "Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratishga ruxsat berildi.

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdorlari:

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 million soʻmdan 240 million soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 224 million soʻmdan 320 million soʻmgacha;

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 million soʻmdan 240 million soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 232 million soʻmdan 320 million soʻmgacha;

Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 million soʻmdan 264 million soʻmgacha, 3 va undan koʻp xonali kvartiralar uchun 255 million soʻmdan 352 million soʻmgacha oshiriladi.

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

Asosiy mavzular