O‘zbekistonda AI-80 markali benzin narxi arzonlashdi

© Sputnik / Aleksandr Kojoxin / Mediabankka o‘tishAvtozapravochnaya stansiya
Avtozapravochnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 3-may kunidan e’tiboran Ai-80 markali benzin 4000 so‘mdan sotuvga chiqarildi.

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda 3-may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin 4000 so‘mdan sotuvga chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qilmoqda.

Zapravka avtomobilya na odnoy iz avtozapravochnix stansiy. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin yana arzonlashdi

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-may kunidan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashib,  uning narxi 5500 so‘m etib belgilangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0