02:33 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
271 0 0

Shuningdek, tabiiy gaz sarfini 16,5 mlrd kubometrdan 12,1 mlrd kubometrgacha qisqartirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Hukumat “2020 – 2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini elektr energiya bilan taʼminlash kontseptsiyasi”ni qabul qildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Ushbu hujjat xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan. Strategiya 2020 yildan 2030 yilgacha boʻlgan davrga oʻrta muddatli va uzoq muddatli  maqsadlarni belgilaydi hamda doimiy tahlil asosida zaruriyatga koʻra tahlil qilinadi.

“Hujjatning strategik maqsadi – Oʻzbekiston aholisini va iqtisodiyotini raqobatbardosh narxlar asosida elektr energiya bilan taʼminlash, eng yaxshi jahon amaliyotlari va jahon elektr energetikasidagi zamonaviy tendentsiyalarni qamrab oluvchi muvozanatlangan energetika sektorni rivojlantirishdir”, - deyilgan xabarda.

Kontseptsiyada quyidagilarga yoʻnaltirilgan ustuvor yoʻnalishlar koʻzda tutilgan:

  • mavjud elektrstantsiyalarini modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, shuningdek, elektr energiya ishlab chiqarish boʻyicha energiya samarador texnologiyalardan foydalangan holda yangi elektr stantsiyalarini qurish;
  • elektr energiyasi hisobini yuritish tizimini takomillashtirish;
  • qayta tiklanadigan, ayniqsa, quyosh energiyasi manbalarini rivojlantirish;
  • tarif siyosatini takomillashtirish va ulgurji bozorga chiqishni taʼminlash boʻyicha huquqiy islohotlarni amalga oshirish.
2030 yilgacha elektr energiyasining oʻrnatilgan quvvatini 12,9 GVt dan 29,3 GVtgacha, ishlab chiqarishni esa 63,6 mlrd kVt⋅s.dan 120,8 kVt⋅s.gacha koʻpaytirish, elektr energiyasini ishlab chiqarishdagi tabiiy gaz sarfini 16,5 mlrd kubometrdan 12,1 mlrd kubometrgacha qisqartirish, elektr energiyani uzatishda yoʻqotishlarni 2,35% ga, va uni taqsimlashda – 6,5% ga kamaytirish rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishda hozirgi paytda elektr energiyasi taqchil boʻlgan hududlarni energiya taʼminotini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratiladi.

Qayta tiklanadigan energiya manbalari ekologik muhitni, infratuzilmani yaxshilashga, mahalliy sanoat tarmoqlari unumdorligini oshirish va ularni ragʻbatlantirishga va yangi ish oʻrinlarini yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ushbu sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jadal rivojlanishini taʼminlash maqsadida ushbu sohada davlat-xususiy sherikchiligini keng qoʻllash choralari belgilandi.

Asosiy mavzular