02:57 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
202 0 0

2030 yilga kelib Oʻzbekiston oʻz energetik quvvatini 2,5 baravarga va elektr energiyasini ishlab chiqarishni ikki baravar oshirishni rejalashtirmoqda. Rossiyalik ekspert bu boradagi fikrlarini bildirdi.

Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasi 2030 yilgacha respublikani elektr energiyasi bilan taʼminlash kontseptsiyasi loyihasini qabul qildi. Xususan, hujjat mavjud quvvatlarni takomillashtirishni, yangi obʼyektlarni qurish, shuningdek, elektr energiyasini tashish, hisobga olish va toʻlov tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.

2030 yilga kelib quvvatni 12,9 GVt dan 29,3 GVt gacha, elektr energiyasini ishlab chiqarishni esa 63,6 mlrd kVt/soatdan 120,8 kVt/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekiston tabiiy gaz isteʼmolini sezilarli darajada kamaytirishni ham rejalashtirmoqda.

Milliy energetika instituti direktori Sergey Pravosudovning fikriga koʻra, elektr energiyasini sezilarli darajada oshirishni texnologik va moliyaviy jihatdan taʼminlash muammo emas - asosiysi bu iqtisodiy jihatdan oqlangan boʻlishi.

“Yanada koʻproq ishlab chiqarish mumkin, bu yerda gap barqaror va toʻlovga qodir isteʼmolchi bor-yoʻqligida. Ushbu loyihalarga mablagʻ kiritadigan investorlar bundan daromad topishini tushunishlari kerak. Demak, elektr energiyasi kelajakda oʻzini qoplay olishiligi uchun yetarlicha qimmat boʻlishi kerak", - deydi Sergey Pravosudov.

U qayta tiklanadigan energiya manbalari, masalan, quyosh energiyasi, oʻziga xos harajatlari borligini taʼkidladi. Panellar ishlab chiqarish va ishlatishda ancha qimmat va ob-havo xususiyatlari ularni kun boʻyi va yil davomida teng samaradorlik bilan ishlatishga imkon bermaydi.

Oʻzbekiston boy uglevodorod xom ashyosiga kelsak, pandemiya va iqtisodiy inqiroz sharoitida yoqilgʻi narxlari sezilarli darajada pasayishi mumkin - bu holatni ham hisobga olish kerak.

Asosiy mavzular