23:33 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
485 0 0

Joriy yil yakunigacha 3 ta propan-butan aralashmasi hamda sintetik yoqilgʻi (GTL) zavodi ishga tushiriladi. Buning natijasida aviakerosin, dizel va suyultirilgan gaz importi toʻliq qisqaradi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻida samaradorlikni oshirish, energiya sarfini optimallashtirish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga koʻra, yigʻilishda yaqin yillarda energiya sarfini 2-2,5 barobarga qisqartirish masalalari muhokama qilindi.

Ommabop qishloq xoʻjaligi texnikasi va yuk avtomobillarini gazga moslashgan holda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.

Joriy yil yakunigacha 3 ta propan-butan aralashmasi hamda sintetik yoqilgʻi (GTL) zavodi ishga tushirilishi qayd etildi. Buning natijasida aviakerosin, dizel va suyultirilgan gaz importi toʻliq qisqaradi.

Prezident koʻp qavatli uylarni loyihalash va qurishda energiya tejovchi texnologiyalarni keng qoʻllash, ijtimoiy soha obʼyektlarining energiya samaradorligini oshirishga xorijiy investitsiyalar jalb qilish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Sanoatdagi energiya sarfi ham tahlil qilinar ekan, har bir soha va tarmoq kesimida ushbu resursni tejash va samaradorligini oshirish boʻyicha dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Xalqaro energoaudit tashkilotlarini jalb qilib, 285 ta yirik sanoat korxonasining energiya samaradorligini oʻrganish, uch smenada ish tashkil etgan tadbirkorlarga kechki smena uchun elektr tarifini 1,5 baravar kamaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ragʻbatlantirish, qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqib, jahon tajribasi asosida isteʼmolchilarga qoʻshimcha shart-sharoit yaratish muhimligi taʼkidlandi. Sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilish, viloyatlarda quyosh fotoelektr va shamol elektr stantsiyalari qurishga doir masalalar koʻrib chiqildi.

Elektr energiyasi hamda tabiiy gaz sarfini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada keng joriy etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Karantin sababli yoqilgʻi-energetika korxonalarida mablagʻ tanqisligi vujudga kelishini inobatga olib, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

Asosiy mavzular