12:07 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
242 0 0

Oʻzbekiston Tojikistondan elektr energiyasi sotib olishni boshladi. “Oʻzbekiston MET” AJ va “Barqi Toҷik” kompaniyasi oʻrtasida joriy yilning may-sentyabr oylari uchun shartnoma imzolandi.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. 2020 yil 2 may kuni “Oʻzbekiston MET” AJ va “Barqi Toҷik” kompaniyasi oʻrtasida joriy yilning may-sentyabr oylari uchun shartnoma imzolandi.

“Oʻzbekiston MET” matbuot xizmati xabariga koʻra, shartnoma respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlanish maqsadida imzolangan.

Taʼkidlanishicha, hozirda import amaliyoti ikkita 220 kVli yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari orqali amalga oshirilmoqda.

Shartnomaga asosan yoz oylarida elektr energiyasi va suv resurslariga ehtiyoj ortadigan davr uchun import hajmlarini 500 kVli tarmoqlar orqali koʻpaytirish ham nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular