23:43 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (48)
51801

YE.M.Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina YEOIIda kuzatuvchi davlat sifatida Oʻzbekistonning afzalliklarini baholadi. Biroq, toʻgʻridan-toʻgʻri foydani kutish kerak emas, chunki bu toʻlaqonli aʼzolik hisoblanmaydi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi aprel oyi oxirida Oʻzbekistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) kuzatuvchi davlat maqomida qoʻshilishini maʼqulladi. YE.M.Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina bu respublika uchun katta qadam ekanligini taʼkidladi, chunki ilgari hech qanday mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlik qilishni xohlamagan edi.

“Kuzatuvchi maqomi ayrim afzalliklarni beradi, ammo baribir u toʻlaqonli aʼzolik emas. Bu kelgusi integratsiyaga tayyorgarlik bosqichi boʻlishi mumkin, bu ham qulaylikdir, chunki YEOIIda oʻz sanitariya, texnik va boshqa standartlariga ega", - dedi Kuzmina.

Shuningdek, u YEOIIga aʼzo boʻlgan Rossiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklaridan biri ekanligi, bu davlatlar bilan birgalikdagi savdo hajmi Xitoy bilan taqqoslaganda, undan yuqori ekanligini eslatdi.

"Oʻzbekiston Rossiya va Qozogʻiston bilan ham umumiy manfaatlarga ega, bu faqat savdo-sotiq emas. Bu yerda neft-kimyo, mashinasozlikning ayrim sohalari, atom energetikasi, qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish haqida gap ketmoqda", - deb qoʻshma qildi ekspert.

Kuzmina o statuse Uzbekistana v YEAES: eto poleznыy podgotovitelnыy etap
Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (48)

Asosiy mavzular