12:09 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
35010

Elektron pullar - toʻlovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan, innovatsion toʻlov vositasidir.

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Oʻzbekistonda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va qoplash tartibini belgilovchi qonun qabul qilindi, deb habar qildi Markaziy bank.

“Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonuni asosida “Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, - deyilgan xabarda.

Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida ishlab chiqildi.

Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va koʻp emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan toʻlangan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

Oʻzbekistonda elektron pullarni chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalarining ayrim jihatlari:

  • Elektron pullar - elektron hamyon shaklida yoki oldindan toʻlangan karta (prepaid card) koʻrinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan foydalanuvchiga beriladi;
  • Oʻzbekiston hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi shart;
  • Oʻzbekiston hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishda faqat Respublika hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinadi;
  • xorijiy emitent tomonidan chiqarilgan, chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari mazkur subʼyekt bilan shartnomasi mavjud boʻlgan oʻzbekistonlik emitent tomonidan amalga oshirilishi mumkin;

Oʻzbekistonda, elektron pullar tizimining yaratilishi hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik yechimlarga asoslangan holda toʻlovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi, - deyilgan Markaziy bank xabarida.

Bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan elektron pullar tizimlari bu: WebMoney, PayPal, ApplePay, SamsungPay va boshqalar. Rossiyada eng ommaviy elektron pullar bu Sberbank Onl@yn, YandeksDengi, QIWI va boshqalar. 

Asosiy mavzular