00:23 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
231 0 0

Ai-92 markazi benzin narxi 5000 soʻmga tushirilmoqda. Mart oxirida ushbu mahsulotning narxi 6200 soʻm edi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 soʻmga arzonlashtirildi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Oʻzbekneftgaz" AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida benzin 15 may kunidan boshlab 5000 soʻmdan sotiladi.

2020 yilning 26 martdan Ai-92 markali benzinning narxi 6200 soʻmdan 6000 soʻmga pasaytirilgandi. 29 apreldan esa bu mahsulotning narxi 5500 soʻm etib belgilangan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 3 may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin 4000 soʻmdan sotuvga chiqarilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular