03:25 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
19510

Joriy yilning dastlabki choragida bojxona postlarida eksportga chiqarilayotgan tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga oʻrtacha 53 daqiqa sarflangan.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekiston 2020 yilning yanvar-aprel oylarida 1,7 mlrd dollarlik mahsulotlarga xorijga eksport qildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, respublikada eksportyor tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qulayliklar va erkinliklarni oʻzida qamragan yangi tartiblar joriy qilinmoqda.

Masalan, tovarlar uchun eksport boji bekor qilindi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar qisqartirildi, eksportdan tushgan valyuta mablagʻlarini davlatga majburiy sotish kabi byurokratik tartiblar bekor qilindi.

Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi yuridik shaxslar eksportni dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sugʻurta polisisiz amalga oshirishmoqda.

Eksport kontraktini tuzishga hojat yoʻq - invoysning oʻzi yetarli. Tadbirkorlik subʼyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishmoqda va mahsulotlarning eksport narxlarini erkin belgilashmoqda.

Amaldagi tartiblarga binoan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydigan boʻldi.

“2020 yilning yanvar-aprel oylarida esa rasmiylashtirilgan 3 mingta yaqin eksport bojxona deklaratsiyalari asosida 1,7 mlrd. AQSH dollarlik mahsulotlarga xorijga eksport qilindi”, - deyilgan xabarda.

Milliy mahsulotlar hozirda dunyoning 73 ta davlatiga yetib bormoqda. Mazkur davlatlar roʻyxatida Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Afgʻoniston kabi mamlakatlar oldingi qatorlarda turadi.

Taʼkidlanishicha, tadbirkorlar yil boshidan buyon  186 mln dollar qiymatidagi meva-sabzavotlarni xorijga eksport qilishga muvaffaq boʻlgan.

Asosiy mavzular