Toshkentdagi hashamatli "Versal" restorani sotuvga qo‘yildi

© InstagramTashkentskiy Versal prodayut za millioni dollarov
Tashkentskiy Versal prodayut za millioni dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda mashhur "Versal" restorani elektron onlayn auksionda bir necha o‘n milliard so‘m narxda savdoga chiqarildi.

TOShKENT, 15-may - Sputnik. Toshkentda mashhur "Versal" restorani sotuvga qo‘yildi. Bu haqida elektron onlayn auksion markazi xabar qilmoqda.  

Mashhur restoran "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK ta’sischiligidagi "Tantana Servis" MChJva tomonidan 34,6 millard so‘m (~35 $ mln) narxda savdo chiqarilgan. 

Restoran Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Gulobod mavzesi, Beruniy ko‘chasi, 8A uy manzilida joylashgan. Restoran binosi pishq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib u gaz, suv  va elektrga ulangan. Restoran maydoni 0,3357 gektar bo‘lib, qurilsh maydoni 6585 kvadrat metrni tashkil qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabrida O‘zbekistonda "To‘y va tantanalarni tartibga solish haqida nizom qabul qilingan edi". Unga ko‘ra marosim va to‘ylarda ishtirok etuvchi odamlar soni 250 kishi miqdorida cheklangan. Ushbu qoidalarni buzgan fuqaro va ommaviy ovqatlanish muassasalari uchun 17.06.20dan boshlab qonuniy tartibda javobgarlik choralari belgilangan. Xususan restoranlar uchun BHMning 30dan 50 baravarigacha jarima solinishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0